225

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, N.Shomirzayev “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va diniy-ma’rifiy materiallarni tahlil qilish usullari”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba”, Akademiya professori, falsafa fanlari doktori M.Kaxxarova “Oila mustahkamligi va farovonligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni”, tarix fanlari nomzodi, dotsent D.Raximdjanov “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni”, PhD A.Sattarov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi F.Ibragimova tomonidan “Aholi o‘rtasidagi bid’at va xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o‘rni” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish