204

Imom-xatib va otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar, Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 50 nafar imom-xatib va 18 nafar otinoyidan iborat tinglovchi ishtirok etmoqda.

36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, diniy soha xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, adashgan toifalar ta’siriga tushgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Shu sababli malaka oshirish o‘quvlariga sohaning yetuk va tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etildi. Jumladan, o‘quvlarning birinchi kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Abduraximova “Davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirishda otinoyilarning roli”, Qo‘mita mas’ul xodimlari A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, N.Shomirzayev “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va diniy-ma’rifiy materiallarni tahlil qilish usullari”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, yuridik fanlari doktori N.Yusupova “Milliy va diniy qadriyatlarning oilalar mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni”, Akademiya dotsenti, PhD A.Sattarov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, PhD A.Alloqulov “Moturidiy ta’limoti asoslari”, PhD Sh.Jo‘rayev “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari” va markazi ilmiy xodimi I.Abdurahmonov “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni” hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi mudiri M.Abdullayeva tomonidan “Mahallalarda oilaviy ajrimlarni oldini olishda otinoyilarning roli” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish