Yangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.
Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.
Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi.
Bundan tashqari, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish