161

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Valisongo davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyadagi xizmati safari samarali uchrashuvlarga boy kechdi. 

Tashrif davomida bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va amaliy muloqotlar o‘tkazildi.

Xususan, tashrifning ikkinchi kunida Indoneziyaning Valisongo davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, doktor Imom Taufiq hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi. 

Muloqotlarda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ikki muassasaning ilmiy jurnallarida maqolalar nashr etishga kelishib olindi.

Valisongo davlat universiteti rahbariyati tomonidan universitet tarkibidagi “Haj va umra ishlari menejmenti” dasturi doirasida O‘zbekiston bilan “Umra+” loyihalarini ishlab chiqish va ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish taklifi bildirildi. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Valisongo davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi,

Izoh qoldirish