256

Akademiya vakillarining Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqot davomida yangi O‘zbekistonda azaliy diniy qadriyatlarni qayta tiklash, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Bahouddin Naqshband va yetti pir allomalarining tabarruk qadamjolarini obod etishga katta e’tibor qaratilayotgani, masjid va madrasalar obod bo‘layotgani, fuqarolarimiz haj va umra ibodatlarini yuksak saviyada ado etayotganlari to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumot berildi.

Indoneziya Ulamolar kengashi bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi ikki mamlakat imom-xatiblarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, joriy yilda Indoneziya Ulamolar kengashi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish va Samarqand shahrida mamlakatimiz va indoneziyalik islomshunos, dinshunos olimlar ishtirokida yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ma’rifatiga e’tiborni oshirish masalasi bo‘yicha xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazish kabi takliflar bildirildi. 

Muloqot samimiy va do‘stona ruhda kechdi. 

Izoh qoldirish