Hamkorlik rivojida yangi bosqich
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada bo‘lib turishibdi.
Akademiya vakillarining navbatdagi uchrashuvi Indoneziya Din ishlari vaziri o‘rinbosari S.Dasuki bilan bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohani qo‘llab-quvvatlash, islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash, dinlararo bag‘rikenglik va muloqotni yanada rivojlantirish sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Indoneziya Din ishlari vazirligi huzuridagi Xalqaro islom universiteti tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun ta’lim grantlari ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Din ishlari vazirligi bilan O‘zbekistonga ziyorat turizmi yo‘nalishida indoneziyalik sayyohlarni jalb etish, “Umra+” dasturi doirasida hamkorlik qilishning aniq mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Indoneziya Din ishlari vazirligi o‘rtasida jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va yot g‘oyalarga qarshi murosasiz kurashish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash taklif etildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish