Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Romitan tumani bo‘ylab davom etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari aholi bilan muloqot qilishdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan xatarli tahdiddan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, muqaddas dinimizda insoniylikning eng oliy namunasi ilm-ma’rifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanishi, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga kelishi qayd etildi.
Bugun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi yoshlar bunday vaziyatda mustaqil fikrlab, ma’naviyatli, milliy qadriyatlariga sodiq, dunyoqarashi keng, irodasi mustahkam, sabr-bardoshli, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson bo‘lishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish