221

Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. 

Malaka oshirish o‘quvlari yakunida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi E.Daminov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi direktori X.Axmedov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i M.Kamolov, Mir Arab oliy madrasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida tinglovchilarga 36 soatlik malaka oshirish kursini yakunlagani to‘g‘risidagi sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda o‘tilgan dars mashg‘ulotlari bo‘yicha tarqatma materiallar topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish