206

Yetti pir bo‘ylab ziyorat tashkil etildi

Buxoro viloyatida malaka oshirayotgan Bosh imom-xatiblar uchun Yetti pir nomi bilan mashhur majmualar bo‘ylab ziyoratlar tashkil etildi.

Naqshbandiy tariqatining murshidlaridan bo‘lgan – Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasidan boshlangan ziyorat Hoja Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohiga qadar davom etdi.

Har bir majmuada tinglovchilar uchun ochiq darslar olib borilib, ular uchun ma’naviy va ruhiy ozuqa bo‘ldi. Bosh imom-xatiblar tomonidan ziyorat davomida Qur’on oyatlaridan tilovat qilinib, aziz avliyolar vatani bo‘lgan – jannatmakon yurtimizga tinchlik, ofiyat, xalqimizga keng rizq va baraka so‘rab, duolar qilindi.

Tinglovchilarni majmualarda amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi yangilanish va o‘zgarish bilan tanishtirish bilan bir qatorda ularga o‘zlari yashayotgan joylarda ham ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha tavsiya berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish