168

Buxoro viloyatidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. 

Navbatdagi uchrashuvlar Vobkent tumanidagi muassasalari bo‘ylab davom etdi. Davra suhbatida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar ta’siridan asrash, giyohvandlik balosi kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Akademiya vakillari so‘zga chiqib har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoyi bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanishi, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratini talab etilishini ta’kidlab o‘tishdi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish