Akademiya vakillari Buxoro viloyatidagi targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda
Ayni paytda Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari yuqori sur’atda o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotir.
Targ‘ibot uchrashuvlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Buxoro shahri, G‘ijduvon hamda Shofirkon tumanida yuqori darajada tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda maktab o‘quvchilarining ota-onalari, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda uyushmagan yoshlar qatnashdi.
Seminarlarda milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, dinimizga hurmat, globallashuv zamonida har bir ayolning oiladagi ayniqsa, farzand tarbiyasidagi o‘rni, farzandlarimizning tarbiyasida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning ta’lim-tarbiyasiga e'tiborli bo‘lish, bunda u ta'lim olayotgan muassasa bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi lozimligi, farzandning qiziqishlari, iste'dod va iqtidorini qo'llab quvvatlagan holda uning zararli odatlar, mashg‘ulotlarga berilishining oldini olish singari dolzarb masalalarda ma'ruza va fikrlari tinglandi.
Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish, burch va mas’uliyat, farzand voyaga yetkazish, kechirimlilik singari insoniy fazilatlar, oilaviy nizolarning oldini olishga qaratilgan fikrlar, zarur tavsiyalar berildi. Radikallashuv masalasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar ta’siridan asrash, terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik balosi kabi mavzularda so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari doirasida “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzusida o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish