250

Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.

Malaka oshirish o‘quvlarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov ishtirok etishdi.

Tadbirning kirish qismida Muzaffar Komilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyati, xususan, Mir Arab oliy madrasasiga tashriflarida bergan tavsiya va topshiriqlari asosida Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, diniy soha xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, adashgan toifalar ta’siriga tushgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ekanligi alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida Shayx Nuriddin Xoliqnazarov so‘zga chiqib, u kishi so‘zida so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan diniy soha hodimlariga qilinayotgan e’tibor, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishlari, haj va umra masalalarida fuqarolarimizga yaratilgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish borasida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oldida turgan dolzarb vazifalar va ularni ijrosini ta’minlash borasida o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish