258

Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari boshlandi

Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi. 

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malaka oshirish markazi, Mir Arab oliy madrasasining professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari targ‘ibotchi sifatida faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan 100 dan ortiq masjidlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ilmiy suhbatlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda ijtimoiy tarmoqdagi din bilan bog‘liq noto‘g‘ri targ‘ibotlar mohiyati va maqsadlarini yetkazishdan iborat.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish