Akademiya vakillarining yozgi maktab safari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va talabalarining Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlaridagi yozgi maktab safari doirasidagi navbatdagi manzili Malayziyaning Perlis shtati bo‘ldi.
Safar dasturiga binoan Perlis islom universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Imom Moturidiy markazi mutaxassisi Shukrullo Jo‘rayev hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Akademiya haqida ma’lumotlar, uning faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida, shuningdek, Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha qilinayotgan ishlar, xorijiy hamkor tashkilotlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Suhbat davomida Perlis islom universiteti prorektori va Biznes fakulteti dekani yaqindan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha katta qiziqish bildirdi. Jumladan, o‘zaro professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, onlayn uchrashuvlar tashkillashtirish, ularning talabalarini O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga sayohatini tashkillashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlarga Akademiyaning esdalik sovg‘asi hamda Ziyo media markazi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha filmlarning elektron nusxalari taqdim etildi.
Ikki tomon samimiy va samarali o‘tgan uchrashuv uchun o‘zaro minnatdorlik izhor etishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish