Qur’oni karim va tajvid kurslarining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Shu munosabat bilan Akademiyada tinglovchilar uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzod Muxtarov, kurs o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.
Zohidjon Islomov bitiruvchilarni 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbod etib, ularni ilm olishda bardavom bo‘lishga hamda bugungi kunda yurtimizda berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, turli yot g‘oyalar va behuda ishlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.
Tadbir yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, kurs davomida o‘zining faolligi va chiroyli xulqi bilan namuna ko‘rsatgan tinglovchilarga Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Qur’oni karim va tajvid kurslari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish