209

Turkiyada seminar tashkil etildi

Xabar berganimizdek, Akademiya vakillari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) qoshida malaka oshirayotgan ilmiy tadqiqotchilar uchun vakillarimiz “O‘zbekistonda din sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi” mavzusida seminar o‘tkazishdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy sohada erishilgan yutuqlar, yangi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy va o‘rta maxsus diniy bilim yurtlari faoliyati, ajdodlarimiz qoldirgan qo‘lyozma manbalarga oid tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’ruza tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Shundan so‘ng ma’ruzachiga berilgan savollarga to’liq javoblar berildi.

Ilmiy safar davomida Akademiya vakillari xorijlik talaba va tadqiqotchilar bilan tanishib, fikr almashmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish