213

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari yozgi maktab safarida ishtirok etmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchi va talabalari Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlaridagi yozgi maktab safarida ishtirok etishmoqda.

Akademiya a’zolari safar davomida dastlab Singapur sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasida (National Association of Travel Agents Singapore-NATAS) uchrashuv o‘tkazishdi. 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda delegatsiya a’zolari qatnashdi. 

Uchrashuvda Akademiya haqida ma’lumotlar, uning faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida, shuningdek, Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha qilinayotgan ishlar, xorijiy hamkor tashkilotlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Suhbat davomida Chali Mah Singapur musulmon jamoasiga mo‘ljallangan turizm haqida ma’lumot berib, O‘zbekiston bilan  olib borilayotgan ishlari hamda kelajakda Akademiya bilan hamkorlik istiqbollari borasida gapirib berdi. 

Suhbat davomida tomonlar ikki tomon o‘rtasida hamkorlikda Singapurlik sayyohlarga Akademiya talabalari va magistrlarining amaliyotini hamohanglikda olib borish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro muloqot jarayonida joriy yilning kuz mavsumida rejalashtirilayotgan Singapurlik sayyohlarga dastlabki tajriba sinov tariqasida Akademiya bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida Singapurlik hamkorlarga Akademiyaning esdalik sovg‘asi hamda “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha filmlarning elektron nusxalari taqdim etildi. 

Ikki tomon samimiy va samarali o‘tgan uchrashuv uchun o‘zaro minnatdorlik izhor etishdi.

Yozgi maktab safari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish