211

Akademiya vakillarining Turkiyadagi amaliyoti mazmunli o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov va Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalari – Shukrulloh Jo‘ramirzayev va Yosinxon Ahmadxonov Turkiya Diyonat boshqarmasi qoshidagi Islom tadqiqotlari markazi (ISAM)da qisqa muddatli amaliyot o‘tamoqda.

Akademiya vakillari Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) direktori professor Murtazo Bedir bilan uchrashib, tashrif maqsadi va istiqboldagi xalqaro hamkorlik masalalari haqida suhbatlashishdi.

Shundan so‘ng markaz professori Ahmad O‘zel ISAMdagi katta kutubxonada saqlanayotgan kitob fondlari, arxivlar, ilmiy tadqiqot ishlari, maqolalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan elektron dasturlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ilmiy safar davomida Akademiya vakillari Istanbul shahrining diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishishdi.

Safar davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish