117

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 26-27-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi kuni tashkil etilgan imtihonlarda abituriyentlarning chet tilini bilish darajalari sinovdan o‘tkazildi. Bugun, 27-iyul kuni esa abituriyentlar chet tilida “Gapirish” qobiliyati va Ijtimoiy fanlar bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etishdi.

Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida imtihon to‘liq onlayn translatsiya qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari Akademiyaning rasmiy sayti hamda telegram kanali orqali e’lon qilinadi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish