Ilmiy ish e’tirof etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash majlisida Akbar Kazakbayevning “Muhammad Al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyati” mavzusidagi Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqotning maqsadi Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari esa sarf ilmining shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlarini davrlashtirish hamda unga hissa qo‘shgan tilshunos olimlarning ilmiy qarashlarini tahlil qilish va Umumiylashtirishdan iborat. Shuningdek, sarf va tasrif terminlarining lingvistik mohiyatini ochib berish, Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining kodikologik tahlilini amalga oshirish hamdir.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Muhammad al-Mu’izziyning “Tasrif al-af’al” asarini sistem-struktur aspektda tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslari” haqida bo‘lib, unda arab tilshunosligida sarf ilmning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari masalasi yoritilgan, shuningdek, “sarf” va “tasrif” terminlariga berilgan ta’riflar tahlil qilingan, ushbu terminlarning lingvistik mohiyati ochib berilgan.
“Tasrif al-af’al” asarida fe’llar morfologiyasi va semantikasi” deb nomlangan ikkinchi bobda muallifning arab tilidagi fe’llarni turlarga ajratishdagi yondashuvi tahlil qilingan. Uning uch va to‘rt undoshli fe’llarga doir qarashlari o‘rganilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Asarda fe’llardagi o‘zgarishlarga oid ilmiy-nazariy qarashlarning oyatlar grammatik tahlili orqali ifodalanishi” deb nomlangan. Ushbu bobda sarf ilmida so‘zlarda yuz beradigan o‘zgarishlar ikki yo‘nalishda bayon qilingan.
Himoya davomida ilmiy rahbar, rasmiy opponentlar tadqiqot ishining yutuq-kamchiliklarini atroflicha muhokama qilishdi. Tadqiqot himoyasida so‘zga chiqqan ekspertlar olimning tadqiqot ishini chuqur ilmiy darajada o‘rganganini qayd etishdi.
Yakunda Akbar Kazakbayev Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib ekani bir ovozdan ma’qullandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish