227

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarga turli vazirlik va idoralardan mas’ul xodimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, 2023-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, PhD K.Shermuhamedov “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan ekstremistik tashkilotlar tahlili”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘.Hasanboyev “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati”, Toshkent shahar “Minor” jome masjidi imom-xatibi R.Sayfuddinov “Inson ijtimoiy mavjudot”, Akademiya professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uni oldini olishning dolzarb yo‘nalishlari” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov tomonidan “Islom dinida sog‘lom e’tiqod tushunchasi” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Dars mashg‘ulotlarida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari, mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda diniy bag‘rikenglik g‘oyasining ahamiyati, islom ta’limotida sog‘lom e’tiqod tushunchasi, din niqobidagi tahdidlar, yoshlarni ekstremistik g‘oyalar ta’siridan saqlash va ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushishini oldini olish masalalari yetkazildi.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarga O‘zbekiston xalqaro islom akamediyasi faoliyati hamda Manbalar xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar tanishtirildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish