164

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Istanbul Sabahattin Zaim universitetining Erasmus+ bo‘yicha bosh mutaxassisi Isra Chelebi tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida Istanbul Sabahattin Zaim universitetining Erasmus+ bo‘yicha bosh mutaxassisi Isra Chelebi Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish xususida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, islomshunoslik sohasida ikki ta’lim muassasalari hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi.

Uchrashuv davomida prorektor Zokirjon Ro‘ziyev Akademiyada dunyoviy ta’lim yo‘nalishlari, xususan, turizm, tarix, psixologiya, arab tili filogiyasi, informatika va axborot texnologiyalari kabi sohalar borligini inobatga olib, Akademiya kengroq sohalarda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga egaligini bildirdi.

Samimiy muloqotda Isra Chelebi Istanbul Sabahattin Zaim universitetida turizm yo‘nalishi mavjud emasligini inobatga olib, islomshunoslik va qo‘shimcha boshqa bir sohada hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Uchrashuv yakunida mehmon ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Izoh qoldirish