232

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 30 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi J.Aliyev “O‘zbekistondagi diniy vaziyatning o‘ziga xos jihatlari”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari U.G‘afurov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uni oldini olishning dolzarb yo‘nalishlari”, Akademiya dotsenti, psixologiya fanlari doktori X.Alimov “Ijtimoiy himoya muhtoj shaxslar bilan ishlashning psixologik asoslari”, Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD B.Berdiyev “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bolim boshlig‘i A.Alloqulov “Moturidiylik ta’limotining mutaassib toifalarga qarshi kurashdagi o‘rni” hamda Sh.Jo‘rayev tomonidan “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy va mafkuraviy asoslari” mavzulari dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Dars mashg‘ulotlarida O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, radikallashuv va uning oldini olish masalalari, sog‘lom e’tiqod va ma’rifiy islom asoslari, jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyasini targ‘ib etish masalalari va fuqarolar bilan ishlashda shaxslarning ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti, mutaassiblik belgilari, yakka tartibda va jamoa bilan suhbat olib borish, suhbatdoshni tinglash va u bilan samimiy muloqotga kirishishga doir masalalar mohiyati ochib berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish