135

Soha vakillarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiya Matbuot xizmati vakillari, “Ziyo” media markazi hamda Nashriyot-matbaa birlashmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida “Ziyo” media markazi direktori Abdulhamid Muxtorov hamda Akademiya Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev so‘z olib, bugungi kunda yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar, ommaviy axborot vositalariga berilayotgan e’tibor, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jurnalistlarga yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.

Kasb egalarining mashaqqatli, ammo shu bilan birga, sharafli mehnati e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. 

Shundan so‘ng jurnalistlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish