212

Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida harbiy prokuratura organlari xodimlari ishtirokida “Inson qadri uchun” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov “Ekstremizmga qarshi kurashish va vijdon erkinligiga oid qonunchilik hujjatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Mazkur tadbir “Prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida har haftaning juma kuni “Ma’naviyat kuni” etib belgilangan.

Bundan tashqari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat-ma’rifat ansambli xonandasi Shaxboz Xabiyev o‘zining jonli ijrodagi qiziqarli qo‘shiqlari bilan xodimlarga ma’naviy hordiq ulashdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish