Yangi Konstitutsiya – kelajagi buyuk davlat poydevori
Ayni paytda joylarda so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining mazmun-mohiyati aks etgan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazilib, “Yangi Konstitutsiya – kelajagi buyuk davlat poydevori” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Shayxontohur tuman deputati Ne’matulla Karimov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, dekanlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, Asosiy qomusimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashini qayd etdi.
So‘zga chiqqan ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasida inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini takomillashtirish bilan bogʻliq koʻplab takliflar inobatga olingani ta’kidlandi.
Inson qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqilgani e’tirof etildi.
Uchrashuvda Asosiy qonunimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish