O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi nufuzli simpoziumda ishtirok etmoqda
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia taklifiga binoan Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan 47-an’anaviy haj bo‘yicha nufuzli simpoziumda faol qatnashmoqda.
Ushbu delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va bir qator soha mutaxassislari jalb etilgan.
Nufuzli tadbir Qur’oni karim tilovati va Haj va umra ishlari vazirining kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng Harami sharif masjidi bosh imomi Abdurahmon as-Sudays, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri kabi mutasaddilar haj mavsumini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalarni taqdim etdilar.
Kunning ikkinchi yarmida simpozium 4 ta shoʻbaga bo‘lingan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Unda xorijiy delegatsiyalar uchun ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishdagi yangicha yondashuvlar va innovatsion loyihalar hamda Mino, Arafot va Muzdalifadagi sharoitlarni yaxshilash borasidagi istiqbolli rejalar taqdimot qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu simpozium 1970-yildan buyon har yili o‘tkaziladigan eng ko‘zga ko‘ringan tadbirlardan biridir. Unda ulamolar, islom huquqshunoslari, aqida olimlari ziyoratchilarga oid muhim masalalarni muhokama qiladilar hamda yechimlarini bayon etadilar.
Manba:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish