119

Akademiya vakillari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan gender tenglik mavzusidagi treningda ishtirok etdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari tomonidan “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan edi. 

Mazkur kitobda aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida Akademiya vakillari respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Akademiya vakillari mazkur kitob O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ishlab chiqilganini ta’kidlashdi. Kitobda aks etgan mavzular bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish