126

Saudiyaning markaziy nashri: o‘zbekistonlik hojilar minnatdor

Saudiya Arabistonining markaziy nashri – “Ar-Riyoz” gazetasida o‘zbekistonlik ziyoratchilarni tantanali kutib olinishi, ibodat qilishga qulay sharoit yaratilgani va yuqori darajada xizmat ko‘rsatilayotgani haqida maqola chop etildi.

Unda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Tavofa” kompaniyasi raisi Muhammad Maajiniyning so‘zlari keltirilgan. U mavsumga barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilganini qayd etib, bu yil hojilar ibodatlarini mukammal ado etishi uchun munosib sharoitlarni hozirlash hamda ziyoratni emin-erkin ado etishlari uchun namunali xizmat ko‘rsatishga jiddiy harakat qilinayotganini alohida ta’kidlagan.

O‘z navbatida, maqolada o‘zbekistonlik hojilar kutib olish, mehmonxonaga joylashish kabi yo‘nalishlardagi eng oliy darajada  ko‘rsatilayotgan xizmatlardan minnatdor ekani alohida bayon etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Ar-Riyoz” gazetasi 52 sahifali kunlik nashr bo‘lib, 150 000 adadda chop etiladi, alriyadh.com veb-saytidagi ma’lumotlar ham ommabop hisoblanadi.

Manba:

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati

Izoh qoldirish