161

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan DASTLABKI IMTIHON uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

DASTLABKI IMTIHON uchun 2023/2024-o‘quv yili “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgor abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni joriy yil 10-iyundan boshlanganini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun: DASTLABKI IMTIHON o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarori asosida belgilangan.

Ro‘yxatga olish Akademiyaning DASTLABKI IMTIHON uchun hujjatlarni qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Akademiyada abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. 

Murojaatlar uchun:

(71) 207-18-78

Fuqarolar “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-markaz” faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

Qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish