“Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostidagi talabalar festivali yakunlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali bo‘lib o‘tgan edi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan katta ishtiyoq va yuqori kayfiyatda tashkil etilgan festivalda sport bellashuvlari, “Zakovat” intеllеktuаl o‘yini, “Jаholаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshаmiz” ko‘rik-tаnlovi, hattotlik ko‘rgazmasi hamda “ShHTning yoshlar modеli” kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida festival munosabati bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tantanali marosimdan avval Akademiya hovlisida “ShHTning yoshlar modeli” anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Akademiya talabalari bilan bir qatorda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari ishtirok etib, ShHT haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir delegat ShHTga a’zo mamlakatlarning Tashkilot doirasidagi maqsad-vazifalari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida ShHTga a’zo mamlakatlarning urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandlik buyumlari aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Shundan so‘ng festival yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev mazkur festival orqali talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishganini e’tirof etishdi.
Yakunda festivalda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi topshirildi. Shu bilan birga, 2022-2023-o‘quv yilida Akademiyaning madaniy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan hissasi va o‘quv jarayonlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh faol va iqtidorli talabalarga tashakkurnoma topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish