Yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash muhim vazifa
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur mavzu yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi.
Davra suhbatini fakultet dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov so‘z olib, so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishini qayd etdi.
Shu bilan birga, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligi haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov mavzu yuzasidan ma’ruza qilarkan, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirib borish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish