147

Yurtdoshlarimiz Makka shahrida katta ehtirom bilan kutib olindi

Bugun, 7-iyun kuni erta tongda Makkai mukarramaga yetib kelgan ziyoratchilarimiz “Haj-2023” ishchi guruhi rahbari Sodiq Toshboyev, xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar vakillari va boshqa mas’ullar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.

Yurtdoshlarimiz muhtasham “Roshidiya” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq ularga ko‘rsatilgan ehtiromdan qalblari sururga to‘ldi. 

Mehmonxona foyesida hojilarimizni kutib olish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan: gilamlar to‘shalgan, hamma ziyoratchilar istiqboliga oshiqqan, kayfiyat ko‘tarinki. Allohning mehmonlari uzun yo‘lakdan kirib kelar ekan, ularga zam-zam suvi, xurmo, shirinliklar va esdalik sovg‘alari ulashildi.

Tom ma’noda, hojilarimiz ijtimoiy davlat tamoyilining amaliy ifodasini, inson qadri uchun g‘oyasining tatbiqini muborak zaminda ham to‘liq his qilmoqdalar. Makka shahriga yetib kelgan ziyoratchilarimiz ularga ko‘rsatilayotgan ehtiromdan mamnun bo‘lib, mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlardan bahramand bo‘ldilar.

Ayni paytda, Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalining qolgan ruknlarini bajarishga hozirlik ko‘rmoqdalar.

Manba: 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Izoh qoldirish