147

Festival “Zakovat” intellektual bellashuvi bilan davom etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, tafakkur salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan mazkur o‘yinda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish