180

Akademiyada “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizda barqaror va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida mutasaddilar tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilyapti. 

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy davlatda dinning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shukrullo Jo‘rayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. 

Davra suhbati davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyot bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, yurtimizda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalizm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari to‘g‘risida so‘z bordi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish