199

Festival talabalar o‘rtasidagi sport bellashuvlari bilan boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali o‘tkazilmoqda.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival sport bellashuvlari bilan boshlandi.

Dastlab o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” start oldi. Mazkur bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, g‘oliblik uchun 12 jamoa kurash olib boryapti.

Musobaqalar bugun qizlar o‘rtasida voleybol va shaxmat-shashka bahslari bilan davom etadi.

Shuningdek, festival doirasida “Dаsturlаsh bo‘yichа IT musobаqаsi”, “Zakovat” intеllеktuаl o‘yini, Quest Step by Step, “Jаholаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshаmiz” ko‘rik-tаnlovi, hattotlik ko‘rgazmasi hamda “ShHTning yoshlar modеli” kabi tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish