199

Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida trening dars o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diniy devatatsiyaga ega bo‘lgan shaxslar bilan psixologik konsultatsiya o‘tkazish muammolari” mavzusida trening dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur trening Nizomiy nomidagi TDPU Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti, “Psixosfera” amaliy psixologiya markazi direktori Sanjar Yuldashev tomonidan o‘tkazildi. 

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Akademiya professor-o‘qtuvchilari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida psixolog tomonidan talabalarda turli metodik usullar orqali muammolar va tushkun kayfiyatdan chiqishning samarali yo‘llari bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish