Akademiya vakili Bolgar islom akademiyasida o‘tkazilayotgan forumda ma’ruza qildi
Rossiya Federatsiyasining Bolgar islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” mavzusida V xalqaro Bolgar forumi o‘tkazilmoqda.
Forum doirasida “Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusida konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, forum “VII Bolgar oʻqishlari “Musulmonlarning maʼnaviy merosi anʼanaviy qadriyatlarni mustahkamlash asosi sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, “Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusida xalqaro talabalar konferensiyasi hamda “Global muammolar davrida dinlararo muloqot va an’anaviy qadriyatlar” nomli Butunrossiya anjumani kabi shu’ba yig‘ilishlariga bo‘lingan holda davom etmoqda.
Akademiya vakilining “Yoshlar tarbiyasi Qatar siyosatining yo‘nalishlaridan biri” mavzusidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish