287

Zamonaviy ta’limda til o‘qitish nazariyasi va amaliyoti: muammo, yechim va yutuqlar

Bugungi globallashuv davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila olishi maqsadga muvofiq.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy ta’limda til o‘qitish nazariyasi va amaliyoti: muammo, yechim va yutuqlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Chet tillari” kafedrasi tomonidan zamonaviy ta’limida chet tilini o‘qitishning nazariy, metodologik va amaliy masalalarini muhokama etish maqsadida tashkil etilgan anjumanda Buyuk Britaniyaning Reading universiteti magistranti Ilg‘or Asrorov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti v.b. Hilola Maqsudova, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori v.b. Barnoxon Samatova, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktoranti Baxtigul Sodiqova, Oriental universiteti Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi dotsenti Nargiza To‘xtaxo‘jayeva, Chet tillari kafedrasi mudiri Barno Shamsimetova, kafedra professor-o‘qituvchilari, nufuzli oliy ta’lim muassasalar hamda tashkilotlarning vakillari, anjumanga taklif etilgan mehmonlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib, Akademiya rektori Muzaffar Komilovning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Zohidjon Islomov bugungi kunda yurtimizda yoshlar orasida chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yuksak darajaga ko‘tarilganini qayd etib, xalqimizda “Til bilgan – el biladi”, deb bejiz aytilmaganini ta’kidladi. Anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirni Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva olib bordi. 

Shundan so‘ng konferensiyada “Zamonaviy ta’lim samarasidagi omillar”, “Masofaviy ta’lim vositasida tibbiyot-farmasevtika yo‘nalishi talabalarining mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini loyihalashtirish”, “Chet tilini o‘qitishda raqamli axborot vositalarining ahamiyati”, “Nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishning motivatsion omillari” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.

Anjumanda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan sohada mavjud muammolar, ularga yechim topish, ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘rtoqlashildi. 

O‘zaro savol-javob, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan anjuman yakunida soha rivojidagi takliflar bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish