“Diniy bagʻrikenglik” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun poytaxtimizdagi “Azimut Grand” mehmonxonasida 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “Diniy bagʻrikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, diniy konfessiyalar vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamyurtlarimiz, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev tantanali marosimda so‘zga chiqib, mukofot sohiblarini samimiy tabrikladi. U yurtimiz ravnaqi va ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga muvaffaqiyatlar tilab, ko‘krak nishonlarini egalariga topshirdi.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, ushbu koʻkrak-nishoni bilan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, fuqarolar eʼtiqod erkinligini taʼminlash, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashdagi ibratli ishlari uchun yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlar taqdirlanishi belgilangan.
Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Xususan:
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, “Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov taqdirlandilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan izchil siyosat natijasida fuqarolarning vijdon erkinligi, dinlararo va millatlararo totuvlik ta’minlanayotgani, mazkur ko‘krak nishonining ta’sis etilgani va taqdim etilayotgani esa ushbu soha rivojiga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar.
Mukofotlanganlar o‘z chiqishlarida ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor ularga yangi mas’uliyat va kuch-bag‘ishlashini, yosh avlodni bag‘rikenglik va totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘lida yanada fidokorona xizmat qilishga undashini bildirdilar.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish