Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti vakili Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi
Oʻzbekiston va Qozog‘iston oʻrtasidagi munosabatlar, ayniqsa, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xorij oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorligi kengayib bormoqda.
Jumladan, Akademiya tomonidan Qozog‘istonning qator universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, mamlakatning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari, talablar bilan almashinuv tashkil etilmoqda.
Bugun ana shunday ilmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun aytish joiz, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Qozog‘istondagi eng qadimiy universitetlardan biridir. Universitet 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, 1991-yil 23-oktabrda universitetga Sharqning buyuk allomasi, mutafakkiri, qomusiy olimi, “Jahonning ikkinchi muallimi” Abu Nasr Forobiy nomi berilgan. Ushbu universitet mamlakatning davlatga tegishli birinchi top oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. QS University Rankingsga ko‘ra, dunyoda 163-o‘rinda turadi. Qozog‘istonda esa, 2025-yildagi Ta’lim sifatini baholash mustaqil agentligi (IQAA) milliy reytingida 1-o‘rinni egallagan.
Tashrif davomida Akademiyada Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti dotsenti Uljan Tungatova tomonidan Dinshunoslik yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Dinshunoslikka kirish” fanidan “Dinshunoslik tadqiqot usullari” mavzusida binar dars tashkil etildi. Dars davomida talabalarga Qozog‘istondagi dinshunoslik ta’limi, dinshunoslik va islomshunoslik sohalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Doktor Uljan Tungatova Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti dotsenti, islom tarixi va falsafasi, qiyosiy dinshunoslik sohalari bo‘yicha 20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir. 2024-yildan “O‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida bag‘rikenglikni shakllantirishda diniy ta’limning ijtimoiy-psixologik jihatlari” loyihasi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Oʻtilgan maʼruzalar talabalar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Talabalar dinshunoslik tadqiqot usullari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish