Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida imom-xatib va noib imomlar va diniy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Diniy deviatsiyaga ega bo‘lgan shaxslar bilan psixologik konsultatsiya o‘tkazish muammolari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur seminar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Amaliy psixologiya” kafеdrasi dotsenti, PhD, “Psixosfera” amaliy psixologiya markazi direktori Sanjar Yuldashev tomonidan o‘tkazildi.
Dars mashg‘ulotida deviatsiya, ya’ni jamiyatdan chetga og‘ish hodisasi, uning turlari, diniy deviatsiyaning belgilari bo‘lgan – ijtimoiy qadriyatlarni tan olmaslik, voqelikka din prizmasidan qarashi, zamonaviy kiyinish uslubini qoralash, diniy oqimlarni targ‘ib qilishga, mavjud ma’naviy muhitni tanqid qilishga va taqiqlashga harakat qilish kabi shakllari hamda bunday shaxslar bilan muloqotga kirishish, ularni sog‘lom ijtimoiy muhitga qaytarish masalalari borasida fikrlar almashildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish