261

Akademiya o‘qituvchisi Istanbul universitetida ma’ruza o‘qiydi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nilufar Botirova Turkiyaning Istanbul universitetida, ikki ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi va Erasmus+ dasturi doirasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrifning birinchi kunida Istanbul universitetining “Ilohiyot” fakulteti dekan o‘rinbosari, doktor Sultan Shimsek hamda fakultetning “Xalqaro bo‘lim” boshlig‘i, doktor Merva O‘zaykul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda universitet vakillari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. 

Sultan Shimsek tashrifdan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilish har ikki oliy ta’lim muassasasi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng Akademiya o‘qituvchisining Istanbul universitetida safari davomida rejalashtirilgan navbatdagi ma’ruza darslari boshlandi.

Ma’ruzalar 15-20 may kunlarida universitetning bakalavr va magistratura mutaxassisligi talabalari uchun bo‘lib o‘tadi. Bir hafta davomida Nilufar Botirova tomonidan “O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘nalishlari”, “Islom iqtisodiyoti, uning mazmun mohiyati”, “Mushoraka sherikchiligi va uning asosiy shartlari”, “Mudoraba sherikchiligi va uning turlari” hamda “Zakot va ijtimoiy himoya, zamonaviy korporatsiyalarda zakotni hisoblash tartibi” mavzularida darslar o‘tiladi. 

Izoh qoldirish