257

Imom-xatiblar uchun mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida imom-xatib va noib imomlar uchun Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” universiteti “Usul ad-din” kafedrasi o‘qituvchisi, doktor Muhammad Abdulaziz Mish’al tomonidan “Moturidiy ta’limoti asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars mashg‘ulotida islom aqidasi, aqidaviy ta’limotlar, moturidiy ta’limoti asoslari va manbalari, zamonaviy aqidaviy ixtiloflarga ilmiy raddiyalar berishda moturidiy ulamolarining aqliy va naqliy dalillaridan foydalanish masalalari borasida fikrlar almashildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish