Hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Delegatsiya a’zolari Muhammad Bin Zoid nomidagi Gumanitar fanlar universiteti rektori, doktor Xalifa al-Zohiriy rahbarligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Muloqotda Oʻzbekistonning milliy davlatchiligi, dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshgan olimlarining ilmiy merosi va bugungi kunda diniy-maʼrifiy soha hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
2020-yilda tashkil etilgan Gumanitar fanlar universiteti bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda gender tengilgiga eʼtibor berilganligi bois, ayol-qizlarning rahbariyat, oʻqituvchilar va talabalar orasidagi ulushi ortib bormoqda. Talabalarning 50 foizi ayol-qizlardan iborat. Shuningdek, 37 ta millat va elat vakillari ham universitetda taʼlim oladi.
Islomshunoslik hamda Arab tili va adabiyotidan iborat 2 ta fakultetda fiqh, zamonaviy fatvolar, diniy vaʼz va pand-u nasihat, Qurʼon, hadis, bagʻrikenglik, arab tili va adabiyoti hamda yangi tashkil etilgan tinchlikda yashash taʼlim yoʻnalishlari mavjud.
Talabalarga diniy va dunyoviy ilmlar birgalikda beriladi. Bu oʻz navbatida yoshlarning vatan, milliy davlatchilik gʻoyalarini tezroq va oson qabul qilishiga sabab boʻlishi, fanlar bugungi voqelik bilan bogʻlab berilishi alohida taʼkidlandi. Xohlovchilar uchun masofaviy taʼlim, erkin taʼlim, Qurʼon kurslari dasturlari ham yoʻlga qoʻyilgan.
Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari muhokama etildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish