Talabalar o‘rtasida intellektual zakovat bellashuvi o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘lganiga 31 yil to‘ldi. Mamlakatimiz BMTning teng huquqli a’zosi sifatida turli sohalarga doir o‘ta muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surmoqda. O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi so‘nggi besh yilda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi.
Mazkur sana munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” doirasida ko‘plab davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Intellectual battle” mavzusidagi zakovat tanlovi bilan davom etdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev ochib berdi. Bu kabi tadbirlar talabalar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik ruhini paydo qilishi, aqlini charxlab, tafakkuri boyishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng talabalar zakovat bellashuvida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in muhokama va aqliy tafakkur bahslaridan so‘ng g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Hakamlar hay’atining hisoblab borgan natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Outsider” jamoasi, 2-o‘rinni esa O‘zbekiston Milliy universitetining “Milliy mafkura” jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblik esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Comeback” jamoasiga nasib etdi.
Yakunda ishtirokchilarga diplom va kitoblar topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish