“Xalqaro hamkorlik haftaligi” davom etmoqda
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzoligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” doirasida ko‘plab davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ham mazkur haftalik doirasida BMT huzuridagi UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. “UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatchisi Umid Xudoyqulov ma’ruza qildi.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Roʻziyev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi bo‘lgan UNICEF bilan hamkorlik munosabatlari mustahkam yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi.
Muloqot davomida Umid Xudoyqulov so‘zga chiqib, haqida so‘z yuritdi. Ta’kidlash joizki, Tashkilot 70 yildan beri dunyoda va 24 yil mobaynida O‘zbekistonda bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilash uchun faoliyat yuritmoqda. UNICEF o‘zining hamkorlik dasturlari orqali bolalar va ularning oilalari huquqlari va farovonligi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda fuqarolik jamiyati tashkilotlari, parlament, jamoalar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari, hamda ko‘p tomonlama va ikki tomonlama rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda yordam ko‘rsatadi.
Davra suhbati davomida bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati bolaning shaxsiga hurmatni kuchaytirishga hamda har bir bolaning shaʼni va qadr-qimmati, erkinliklari va qonuniy huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish