223

Akademiyada Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Unda Mumtoz sharq filologiyasi dekani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari, shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekani, o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgani ta’kidlandi. Zulfiyaxonim nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o‘zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongani alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoira ijodidan she’rlar, adabiy parchalar o‘qildi. Ma’naviy-ma’rifiy kecha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish