271

Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar, magistr va yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, PhD Ma’ruf Qurbonov ma’ruza qildi. 

Seminarda intellektual mulk obyektlarining turlari, mualliflik huquqiga oid milliy qonunchilik va xalqaro konvensiyalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Izoh qoldirish