184

Davra suhbati samarali o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xalq banki matbuoti xizmati rahbari Gulnoza Alimova hamda bank matbuot xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan uchrashuvda Gulnoza Alimova “Jurnalistikada PR” mavzusida maʼruza qildi.  Davra suhbatida kafedra katta oʻqituvchisi Madina Nurutdinova, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot davomida soha mutaxassislari jurnalistika sohasiga qiziqqan yoshlarga o‘z kasblarining sir-asrorlari bilan o‘rtoqlashishdi. Jurnalistlarni kasb mahoratiga tayyorlash, sohaga ilg‘or xalqaro tajriba yutuqlarini joriy qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir qizgʻin bahs-munozaralar va savol javoblarga boy tarzda oʻtdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish